Koronavirus infeksiyasini aniqlash test-tizimi haqida nimalarni bilasiz?
Foto: www.google.com
COVID-19 infeksiyasi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?
Tashxis faqat JSST tavsiyalarida qayd etilgan kasallikning epidemiologik va klinik taʼrifiga javob beradigan holatlardagina amalga oshiriladi. Test Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologiya laboratoriyalarida oʻtkaziladi. Mustaqil foydalanish uchun test-tizimini sotib olish mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi qanday test-tizimini sotib oldi?
Oʻzbekiston koronavirus infeksiyasini aniqlash test-tizimini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Rossiya Federatsiyasi va Germaniyadan olgan. Test-tizimidagi reagentlar toʻplami koronavirus infeksiyasini zamonaviy laboratoriya usulida tashxislash imkonini beradi. Toʻplamlar koronavirusni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan. Kelgusida JSST tomonidan qoʻshimcha reaktivlar olish rejalashtirilmoqda.
Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test qancha vaqt davom etadi?
Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 5-6 soat kerak boʻladi.
Hududlarda koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi mavjudmi?
Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Virusologiya ITI, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining virusologiya laboratoriyalari koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi bilan taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring