Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yana 5 nafar bemor tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 30 nafarga yetdi

17:02 05 Aprel 2020 Jamiyat
2561 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahonda xavotirli vaziyat yuzaga kelganiga qaramay, unga qarshi qatʼiy kurash choralari ham oʻz samarasini bermoqda. Bunda, avval ham koʻp taʼkidlaganimizdek, fidoyi tibbiyot xodimlarining mardona saʼy-harakati hal qiluvchi rol oʻynamoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Ana shunday qahramonona kurashlar natijasida yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butkul sogʻaydi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sogʻaydi. Tuzalganlarning kun sayin koʻpayib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, yurtimizning boshqa hududlarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Davlatimiz rahbari soʻnggi kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator videoselektor yigʻilishlarida, uch marta xalqimizga yoʻllagan murojaatlarida ham shifokorlarimiz mehnatiga alohida eʼtibor qaratdilar. Jumladan, ushbu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat koʻrsatayotgan jonkuyar va olijanob shifokorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdilar. Bu eʼtirof tibbiyot xodimlarining kuchiga kuch qoʻshishi, epidemiya balosini aritishda yana-da fidoyilik bilan mehnat qilishlariga turtki boʻlishi shubhasiz.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Eslatib oʻtamiz, davlatimiz tomonidan qatʼiy olib borilayotgan saʼy-harakatlar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda qoʻl kelmoqda. Soʻnggi marta ushbu infeksiya tasdiqlanganlarning ham barchasi statsionar sharoitda karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер