Koronavirus bor yoki yoʻqligini tirnoq orqali aniqlash usuli maʼlum qilindi (Foto)

10:53 08 May 2021 Dunyo
2385 0

Koronavirusdan aziyat chekkanmi yoki shunchaki mavsumiy gripp bilan kasallanganmi, deya shubha qiladigan odamlarga maslahat berildi.

Agar tirnoqlarda chiziqlar yoki oluklar paydo boʻlsa, bu koronavirusni koʻrsatishi mumkin, deydi ingliz olimi Tim Spektor.

Mutaxassis oʻz xulosasini fotosurat bilan isbotlashga harakat qilgan. Unda ayol kishiga tegishli tirnoqlar xarakterli belgilar bilan tasvirlangan. Chiziqlar kasallik paytida hosil boʻladi, soʻngra iz qoldiradi.

“Infeksiyadan keyin tirnoqlar tiklanadi va aniq chiziqlar qoladi”, deb yozadi Spektor.

Ilmiy jarayonda ushbu hodisa “Bo chiziqlari” deb nomlanadi. Ular, shuningdek, qizamiq kabi ayrim yuqumli kasalliklarga ham xosdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?