Koronavirus alomatlarining kunlik jadvali eʼlon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati COVID-19 alomatlarining kunlik jadvalini eʼlon qildi.
Koronavirus simptomlari virus odam organizmiga tushganidan soʻng oʻrtacha 5 — 6 kundan soʻng maʼlum boʻladi. Uning inkubatsion davri 14 kun davom etadi.
Covid-19 simptomlari quyidagi tartibda namoyon boʻladi:
1-4 kun
Asosiy alomati – tana harorati koʻtariladi. Baʼzilarda mushaklar ogʻrishi, quruq yoʻtal, koʻngil aynishi va ich ketishi kuzatiladi. Kasallik boshlanishi yengil shaklda boʻlishi ham mumkin, bunda bemor jiddiy qabul qilmaydi.
5-6 kun
Nafas olish qiyinlashadi. Ayniqsa, mavsumiy kasalliklari bor yoshi kattalar, qariyalarda kuzatiladi.
7-8 kun
Nafas olish yana-da qiyinlashadi, biroq ushbu davrda boshqa alomatlar kuchsizlanishi mumkin.
9-10 kun
Infeksiyani boshidan ogʻir kechirayotgan bemorlar jonlantirish boʻlimiga oʻtkaziladi. Barcha alomatlarga qorin sohasida ogʻriq ham qoʻshiladi.
12-kun
Bemorlar tuzala boshlaydi, harorat koʻtarilishi toʻxtaydi.
17-kun
Sogʻayganlarga javob beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring