Koʻrish qobiliyati pasayishining yana bir sababi aniqlandi
Illyustrativ foto
Oʻpka fibrozi qondagi kislorod darajasining tizimli pasayishi tufayli koʻrish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashriga Shotlandiyaning Kaledoniya universiteti oftalmologi Stiven Xannan aytib oʻtdi.
Mutaxassisning tushuntirishicha, oʻpka fibrozi patologik jarayon boʻlib, unda normal, funksional oʻpka toʻqimalari biriktiruvchi toʻqima bilan almashtiriladi. Zararlangan toʻqimalarining shakllanishiga pnevmoniya, bronxit, surunkali obstruktiv oʻpka, immun tizimi buzilishi kasalliklari, sil, ifloslangan havodan nafas olish va koronavirus infeksiyasining ogʻir asoratlari sabab boʻlishi mumkin.
“Oʻpka toʻqimalari shikastlanganda nafas olish qiyinlashadi va qonga kiradigan kislorod miqdori kamayadi. Bunday kislorod ochligi nafaqat nafas qisilishi, yoʻtal, charchoq va zaiflikni keltirib chiqaradi, balki koʻz sogʻligʻiga ham zarar yetkazadi”, — deydi shifokor.
Xannanning soʻzlariga koʻra, kislorod bilan toʻyinganlikning tizimli pasayishi koʻzning toʻr pardasi va koʻrish asabining faoliyatini buzadi. Bu esa vaqt oʻtishi bilan koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
“Oʻpka fibrozi tufayli koʻrishning oʻzgarishi ogʻir holatlarda xira koʻrishdan tortib to toʻr pardasining shikastlanishiga qadar boʻlishi mumkin”,— deya ogohlantirdi oftalmolog.
Shifokorning qoʻshimcha qilishicha, oʻpka fibrozini kortikosteroidlar bilan davolash koʻzning linzalari xira boʻladigan koʻz kasalligi — kataraktni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
“Oʻpka fibrozi bilan ogʻrigan odamlar muntazam ravishda oftalmolog tomonidan tekshirilishi kerak. Kislorod miqdorini kuzatish, suyuqlik muvozanatini saqlash va quruq koʻz alomatlarini namlovchi tomchilar bilan bartaraf etish ham koʻrish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi”, — deya xulosa qildi ekspert.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring