Koreyada O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston-Koreya biznes forumida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Koreyaga tashrifi tashkil etildi.
Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, kelishuvlarni samarali amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdan iborat.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada faollashtirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi, xususan, davlat idoralari va xususiy sektor o'rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yangi loyihalar va dasturlar amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.
Biznes-forum yakunlari boʻyicha ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar oʻtkazilib, toʻqimachilik, agrosanoat va ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring