Koʻpchilikning haqli eʼtirozlariga sababchi boʻlgan Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olib tashlandi
Illyustrativ foto
Maʼlumki, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingandi. Unda eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatish, jumladan, meva-sabzavotlarning 38 ta pozitsiyasi va toʻqimachilik mahsulotlarining 147 ta pozitsiyasi boʻyicha “tavsiya etiladigan” eksport narxlarni belgilash taklif qilingan edi. Ushbu narxlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi saytida meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha har oʻn kunlikda, toʻqimachilik mahsulotlari boʻyicha har oyda eʼlon qilinib borilishi ham nazarda tutilayotgan edi.
Mazkur hujjat loyihasi jamoatchilik, ayniqsa, dehqonlar, fermerlar, bogʻbonlar, tadbirkorlar va ekspertlar oʻrtasida turli eʼtirozlarga, haqli savollarga sabab boʻlayotgan edi.
Kecha Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning ishbilarmonlar va ekspertlar bilan muloqotida ham ushbu qaror loyihasi tanqidiy tahlil etildi. Jumladan, hujjatda eksportchilar uchun biznes yuritish sharoiti, yakunda mamlakat ichkarisida ham narxlar shakllanishiga sezilarli taʼsir oʻtkazadigan jihatlar mavjudligi aytib oʻtildi.
Yakunda tadbirkorlar va ekspertlar tomonidan salbiy munosabat bildirilgan ushbu hujjat loyihasini jamoatchilik nazoratidan olib tashlash boʻyicha qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring