Koʻp qavatli uy yoʻlagida pichoq bilan yurgan erkak qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs koʻp qavatli uy yoʻlagida pichoq koʻtargan holda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur shaxs maʼmuriy tartibda ushlanganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 5-yanvar kuni tungi soat 01:35 larda Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylardan birida yashovchi 42 yoshli O.S. mast holatda qoʻshnisi D.Y.ning eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida boʻla turib, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurib, jamoat tartibini buzgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan chora koʻrilgan va huquqbuzar maʼmuriy tartibda ushlangan.
Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 185 prim.2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish”), 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudiga yuborilib, sud tomonidan ushbu shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring