Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
Foto: Халқ сўзи
Oʻzbekiston Respublikasi “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyilmoqda.
Mazkur Qonunning 11-moddasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25-iyun kuni “Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilinadi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflaringizni Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasi, 1341 qisqa raqami, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Toshkent shahri, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy manzili boʻyicha yuborishingiz yoki bevosita kelgan holda taqdim etishingiz mumkin.
Mazkur jarayonda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring