“Konstitutsiyamizga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati xalqimiz tomonidan nafaqat toʻgʻri qabul qilinayotganini, balki bu jarayonda ularning qanchalik faol ishtirok etayotganini anglatadi” — Senat Raisi
Senat Raisi bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha alohida toʻxtaldi.
"Oliy Majlis palatalarining joriy yil 20-maydagi qoʻshma qarori bilan shu masala yuzasidan kelib tushadigan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan edi. Shu kungacha komissiya 3-marta yigʻilish oʻtkazdi.
Oʻtgan qisqa vaqt ichida 20 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. Tahlil etadigan boʻlsak, individual, jamoaviy (korxona va tashkilotlarning mehnat jamoalaridan), siyosiy partiyalar, faol blogerlardan takliflar kelib tushayotganini kuzatish mumkin. Bu, albatta, Konstitutsiyamizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati xalqimiz tomonidan nafaqat toʻgʻri qabul qilinayotganini, balki bu jarayonda ularning qanchalik faol ishtirok etayotganini anglatadi.
Ushbu jarayon bizga aholining yosh jihatidan qaysi qatlami siyosiy faol ekanini ham koʻrsatmoqda. Kelib tushgan takliflarning qariyb 70 foizi 18 – 30 yosh oraligʻidagi aholiga tegishli" dedi T. Norboyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring