Konor MakGregorga “UFC” jangchisidan taklif tushdi va u rozi boʻldi

23:35 08 Noyabr 2021 Sport
1618 0

Foto: Reuters

“UFC” jangchisi AQSHlik Maykl Chandler “UFC” boshqa bir sportchisi, ikki vazn toifasida sobiq chempioni, irlandiyalik  Konor MakGregorni jangga chorladi.

AQSHlik sportchi "Tvitter"dagi blogida oʻzi va Makgregor oʻrtasidagi jang aks etgan suratni joylashtirgan.

"Men, albatta, qaysidir bosqichda roziman. Ajoyib jang kechasi, Maykl tabriklayman!", deya javob bergan bunga Konor.

MakGregor soʻnggi jangini “UFC” 264 turniri doirasida AQSHlik Dastin Poryega qarshi oʻtkazgan edi. Irlandiyalik jiddiy jarohat olgani bois bahs birinchi raunddayoq yakuniga yetgandi. Hozir Konor tiklanish jarayonida. “UFC”da uning hisobida 22 gʻalaba va olti magʻlubiyat bor.

Chandlerda 22 gʻalaba va 7 magʻlubiyat bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?