Konor Makgregor Irlandiya prezidentligi saylovlaridan oʻz nomzodini qaytarib oldi

13:19 15 Sentyabr 2025 Dunyo
49 0

Konor Makgregor Irlandiyada boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovida ishtirok etmasligini maʼlum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

“Oilam bilan puxta mulohaza va muhokamadan soʻng men prezidentlik saylovlaridagi nomzodimni qaytarib olishga qaror qildim. Bu oson qaror emas, ammo hozircha toʻgʻri yoʻl deb oʻylayman”, — deb yozdi Makgregor.

Uning soʻzlariga koʻra, bu faqatgina siyosiy faoliyatining boshlanishi boʻlib, kelgusida yana saylovlarda ishtirok etish niyati bor. Shu orqali u Irlandiya fuqarolarining huquqlari uchun kurashish va mamlakat manfaatlarini jahon maydonida ifoda etishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr boshida Konor Makgregor oʻz tarafdorlarini oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan Irlandiya prezidentlik saylovlari byulleteniga uning nomzodini kiritishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер