Koʻngilli ravishda paxta terimiga boruvchilar uchun onlayn platforma yaratildi

Oʻzbekistonda koʻngilli ravishda paxta terimiga bormoqchi boʻlganlar uchun onlayn platforma yaratildi.
Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari Bahodir Umrzoqov maʼlum qildi.
“terim.uz saytini ochdik. Har bir koʻngilli ushbu saytga kirib, qaysi hududda paxta termoqchi ekanligini onlayn tarzda maʼlum qilishlari mumkin. Yollanma teruvchi kim? U qaysi talablarga muvofiq ishlashi lozim? Ish beruvchi kim? Ularning vazifalari va masʼuliyati qanday? Ushbu masalalar boʻyicha maxsus nizom ishlab chiqildi. Bu — tarixda ilk bor” deydi Bahodir Umrzoqov.
“Agar Siz Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga paxta terimiga bormoqchi boʻlsangiz, quyidagi soʻrov shaklini toʻldiring. Maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mutaxassislari 3 kun ichida Siz bilan bogʻlanadi”, deyiladi saytda keltirilgan izohda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring