Komandir yoshlarni nimaga qiziqtirib qoʻydi?

13:15 20 Iyun 2025 Jamiyat
173 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz osoyishta hayot ogʻushida. Jahonda bundanda qadrli, totli neʼmat bormikan? Dunyo tinchligi koʻzdagi bir tomchi yosh kabi qalqib turgan shu pallada farovon turmushning qadriga yetishni ham bilish kerak.

— “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida tashkil etilgan “Komandir va yoshlar” uchrashuvida soʻz, avvalo, shu haqida bordi, — deydi Qorakoʻl tumanida joylashgan harbiy qism serjanti Alijon Qoʻchqorov. — Yuzma-yuz muloqotda qism komandiri, podpolkovnik Bobur Tangriyev yoshlarga yurtimiz sarhadlarini hushyorlik bilan qoʻriqlayotgan askarlarimiz faoliyati haqida soʻzlab berdi. Harbiy sanʼat sir-asrorlari toʻgʻrisida toʻxtaldi. Toʻplanganlarni Vatanga munosib farzand boʻlib yetishishga daʼvat qildi.

Samimiy kechgan muloqotda yoshlar komandirga savollar bilan murojaat etdi.

— Uchrashuvda qatnashib, oʻzimni anchadan buyon qiziqtirib kelayotgan masalalarga yechim topdim, — deydi Qorohoji mahallasida yashovchi Shohjahon Durmamatov. — Xususan, yurtimizdagi harbiy bilim yurtlari haqida berilgan maʼlumotlar diqqatimizni tortdi. Chunki oramizda hayotini milliy armiyamiz bilan bogʻlash niyatida boʻlganlar oz emas. Komandir bilan muloqotdan soʻng bizda Vatan himoyachisi boʻlmoq istagi yanada qatʼiylashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер