Kollej va texnikumlarda oʻqishni xohlovchilar diqqatiga muhim xabar eʼlon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi kollej va texnikumlarda oʻqishni xohlovchilarga qoʻshimcha imkoniyat berilayotgani haqida xabar berdi.
Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita taʼlim muassasasining oʻziga murojaat qilishlari lozim boʻladi.
Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish boʻyicha bir qator imkoniyatlar taqdim etiladi.
Birinchidan, boʻsh oʻrinlari (vakant) mavjud boʻlgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qatʼi nazar) mos boʻlgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin.
Ikkinchidan, abituriyentlar taʼlim tilini oʻzgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Uchinchidan, kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional taʼlim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual taʼlim shakli boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinadi.
Toʻrtinchidan, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kiradi.
“Kollej/texnikumlarning kunduzgi taʼlim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida oʻqish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning oʻziga murojaat qilishlari lozim”, deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun oʻquv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring