Koʻkdalada sifatsiz alkogolning savdoga chiqarilishi toʻxtatib qolindi
Koʻkdala tumanida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar Ya.X.va U.Sh. “Gentra” va “Damas” rusumli avtotransport vositalarida turli nomdagi 426 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida “Koʻktosh barakasi” dehqon bozoriga olib kelgan vaqtida ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring