KOICA Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi uchun grantlar paketini kengaytiradi — SSV
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga safarining dastlabki kunida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Yevro-Osiyo boshqarmasi bosh direktori Chun Chjixen bilan uchrashdi.
Muloqotda taʼkidlanganidek, KOICA rivojlanayotgan davlatlarga begʻaraz yordam dasturlarini amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashib kelmoqda.
Tashkilot xorijiy davlatlarda 50 ga yaqin vakolatxonasiga ega.
Xususan, 1995-yilda Oʻzbekistonda ham oʻz vakolatxonasini ochgan. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur nufuzli tashkilot bilan 9 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu orqali koʻplab mutaxassislarimiz, xususan, tibbiyot xodimlari ham Koreyada stajirovkada boʻlib qaytmoqda. KOICA loyiha va grantlari ishtirokchisiga aylanyapti.
Jumladan, yaqinda poytaxtimizdagi Bolalar milliy tibbiyot markaziga Seul milliy universiteti shifoxonasidan bir guruh tibbiyot sohasidagi mutaxassislar tashrif buyurib, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan markazning pediatriya tibbiyot xodimlari salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar va mahorat darslarini oʻtkazdi.
Urashuvda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish uchun grant dasturlari paketini kengaytirish, Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida sanitariya-epidemiologiya xizmati va aholi salomatligini muhofaza qilish tizimi xodimlarini tayyorlashga qaratilgan milliy dasturni amalga oshirishga 15 million AQSH dollari miqdorida grant ajratishni jadallashtirish boʻyicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlarining epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish va kasalliklar tarqalishiga javob berish qobiliyatini oshirish hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida zamonaviy vivariy va ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini oʻz ichiga olgan “Innovatsion tibbiyot markazi” ni tashkil qilish loyihalari koʻrib chiqildi.
Binobarin, mezbonlarni joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston — Koreya xalqaro tibbiyot forumida tashkilotchi hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring