Koʻhna shaharda 24/7 tizimida ishlovchi koʻcha ish boshladi
Buxoro shahri aholisi, xorijiy sayyohlar va mahalliy mehmonlar uchun Yangi yil arafasida ajoyib sovgʻa hozirlandi. Koʻhna kentning Nizomiy Ganjaviy mahallasi hududidagi Sadriddin Ayniy koʻchasi tamoman yangicha qiyofa kasb etdi. Bu yerda 24/7 tizimida ishlovchi koʻcha ish boshladi.
Xizmat koʻrsatish yoʻnalishi qamrab olingan bu manzilda 2 milliard 894 million soʻmlikdan ziyod bunyodkorlik, obodonlashtirish yumushlari bajarildi. Jumladan, koʻchaning elektr tarmoqlari yangilandi, manzarali yoritgichlar oʻrnatildi, piyodalar yoʻlagi qurildi, bolalar maydonchasi barpo etildi. Loyiha doirasida tashkil etilgan koʻngilochar maskanlar, tez tayyorlanadigan taomlar shoxobchalari, obodonchilik, koʻkalamzorlashtirish yumushlari goʻshaga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Bu yerda 26 ta yangi tadbirkorlik subyekti ish boshlagani, 40 nafar tadbirkorning faoliyati kengaygani, pirovardida 50 ta ish oʻrni yaratilgani ham eʼtiborga molik.

-Yurtimizdagi tinchlik – osoyishtalikka koʻz tegmasin,- deydi mazkur koʻchaning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda qatnashgan Shokir ota Kamolov. – Temirchilar sulolasining beshinchi vakili sifatida ayta olaman: keyingi yillarda shahrimizda sayyohlar oqimi keskin koʻpaydi. Bizning muzey – ustaxonamizdan ham xorijiy mehmonlarning oyogʻi uzilmayapti. Kecha – yu kunduz faoliyat yuritadigan ushbu koʻchadagi infratuzilma obyektlari ularga sifatli xizmat koʻrsatib, turizm ravnaqiga hissa qoʻshadi, albatta.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring