Koʻhna Xiva shahrida “Qovun sayli” oʻtmoqda

00:15 14 Avgust 2023 Jamiyat
692 0

Foto: Xalq soʻzi

Ayni damda Xiva shahrida “Qovun sayli” festivali boʻlib oʻtayotir.

Uzbektourism.uz telegram-kanali xabar qilishicha, festivalda 12 viloyat, 11 hudud va 2 shahar, jumladan, fermer xoʻjaliklari, davlat idoralari va xususiy tashkilotlar ishtirok etmoqda. Hammasi boʻlib 40 gektar maydonda 66 ta pavilyon joylashgan.

Mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “Toʻyona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Koʻk gulobi”, “Boʻrikalla” va boshqa qovun navlari taqdim etilmoqda.

Pavilyonlarda turli meva-sabzavotlar, qandolatchilik, asalarichilik mahsulotlari, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik koʻrgazmalari hamda konsert dasturi namoyish etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер