Kimlar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin?

Foto: Arxiv surat
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
— avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
— oʻquv-mashq transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransportni yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori;
— homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlganda);
— xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport haydovchisi va yoʻlovchilari.
Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yoʻlovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring