Kilian Mbappe fevralda yangi jamoa bilan shartnoma imzolaydi
Foto: AFР
Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Kilian Mbappe fevral oyida Ispaniyaning “Real” jamoasi bilan dastlabki shartnomani imzolashi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qirollik klubi vakillari fransiyalik futbolchining agentiga shartnoma shartlarini joʻnatgan.
Mbappe 2017-yilda “Monako”dan “PSJ”ga oʻtgandi. Parijliklar tarkibida u uch karra Fransiya chempioni (2017/18, 2018/19, 2019/20), ikki karra Liga kubogi (2017/18, 2019/20), ikki bor Superkubok (2019, 2020), shuningdek, uch marta Fransiya kubogi (2017/18, 2019/20, 2020/21) sohibi boʻlgan.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Mbappening ayni paytdagi transfer bahosi 160 million yevroni tashkil etadi. Ayni damda u dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.
Avvalroq, “PSJ” sport direktori Leonardo hujumchi “Real”ga oʻtishi borasidagi muzokaralar haqida gapirib, Madrid jamoasi prezidenti Florentino Peresning bayonotini hurmatsizlik deb atagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring