Kiber jinoyat qurboniga aylanib qolmang
Internet va texnologiyalar hayotimizning har bir jabhasiga kirib keldi. Ish jarayonlari, moliyaviy operatsiyalar, ijtimoiy muloqotlar hamda onlayn savdo orqali vaqtimizni tejamoqdamiz. Biroq, bu qulayliklar bilan birga kiber jinoyatlar xavfi ham ortib bormoqda. Firibgarlikning yangi shakllari – “fishing“ hujumlari, qalbaki veb-saytlar va zararli dasturlar orqali maʼlumot oʻgʻirlash keng tarqalgan. Ular shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish yoki moliyaviy zarar yetkazish uchun turli usullardan foydalanadi.
Kiber jinoyatlarning koʻpchiligi odamlarning maʼlumotsizligi sababli sodir boʻladi. Masalan, soʻnggi paytlarda firibgarlar bank yoki boshqa ishonchli tashkilot nomi ostida elektron xatlar yoki SMS xabarlar yuborishni qoʻlga kiritishmoqda. Ular shaxsiy maʼlumotlaringizni yoki karta rekvizitlaringizni berishingizni talab qiladi. Hatto bir bosqichli havolalar orqali qurilmangizga zararli dasturlar oʻrnatilishi ham mumkin.
Kiber xavfsizlikni taʼminlash uchun oddiy qoidalarga amal qilish yetarli. Birinchidan, shaxsiy maʼlumotlaringizni hech qachon nomaʼlum shaxslar bilan boʻlishmang. Bank yoki boshqa tashkilotlar hech qachon SMS yoki qoʻngʻiroq orqali sizdan shaxsiy maʼlumotlarni soʻramaydi. Parollaringiz murakkab va turli belgilardan iborat boʻlishi kerak. Har bir onlayn xizmat uchun alohida parollar yaratish tavsiya etiladi. Ikki bosqichli autentifikatsiya orqali shaxsiy hisoblaringizni yanada xavfsiz qilishingiz mumkin. Shuningdek, qurilmalaringizda zamonaviy antivirus dasturlari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Haqiqiy voqealar kiber xavfsizlikning ahamiyatini yanada yaqqol koʻrsatadi. Yaqinda bir fuqaro nomaʼlum havolani bosib, oʻz bank hisobidan katta miqdordagi mablagʻini yoʻqotgan. Bu havola orqali firibgarlar uning qurilmasiga zararli dastur oʻrnatib, shaxsiy maʼlumotlarni qoʻlga kiritishgan. Bu kabi holatlardan saboq chiqarib, xavfsizlik qoidalariga amal qilish kiber jinoyat qurboniga aylanishdan saqlaydi.
Oʻzbekistonda kiber jinoyatlarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda. Hukumat tomonidan qonunchilik takomillashtirilib, internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish choralari kuchaytirildi. Bu kabi chora-tadbirlar fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan. Biroq, har birimiz shaxsiy masʼuliyatni his qilib, internetdan oqilona foydalanishimiz shart. Axir, xavfsizlikning asosiy kaliti – hushyorlik va bilimdir.
Shuning uchun har doim internetda biror maʼlumotni almashtirishdan oldin oʻzingizga quyidagi savolni bering: “Bu maʼlumotni almashish qanchalik xavfsiz?” Himoyalanishning asosiy yoʻli – bu hushyorlik va axborot xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishdir.
Baxodir Karimov,
Uchtepa tumani ATSJOOB xodimi, leytenant.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring