Xususiy mulkni “E-auksion shop” platformasi orqali sotish tartibi tasdiqlandi

15:37 06 Yanvar 2024 Hujjatlar
424 0

Foto: Illustrativ foto

Hukumat qarori bilan (540-son, 16.10.2023-y.) Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali sotish va ijaraga berish boʻyicha savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo doʻkonida quyidagi usullarda sotiladi:

— narxni oshirib borish tamoyili asosida;

— eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida roʻyxatdan oʻtish zarur.

Savdoga qoʻyilgan buyurtmani ishtirokchi tomonidan narx tasdiqlangungacha savdo platformasidan 2-martagacha bepul qaytarib olish mumkin.

Savdoga qoʻyilgan buyurtmani qaytarib olish:

3-martadan boshlab BHMning 1 baravari;
5-martadan BHMning 3 baravari;
7-martadan BHMning 10 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi boʻlganda oʻtkaziladi.

Boshlangʻich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi toʻrtta qadamda – boshlangʻich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlangʻich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Mulkka berilgan har bir taklif savdoni oʻtkazish vaqtini 10 daqiqadan uzaytirib boradi. Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif ishtirokchilarning birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, savdolar yakunlanadi. Oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi savdo gʻolibi deb topiladi.

Mulk uchun toʻlov bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash orqali amalga oshiriladi. Boʻlib-boʻlib toʻlash buyurtmachi va savdo gʻolibi oʻrtasida oʻzaro kelishuv boʻyicha belgilanadi.

Savdo gʻolibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan ishtirokchi salohiyatli gʻolib deb eʼtirof etiladi.

Savdolar quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:

— savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan boʻlsa;

— savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;

— toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmagan boʻlsa.

Eʼlon qilingan narx boʻyicha sotishda eʼlon buyurtmachining ixtiyoriga koʻra belgilangan muddat yoki sotilgungacha elektron doʻkonga joylashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер