Xushxabar! Yana bir hamyurtimiz Parij Paralimpiyasining kumush medalini qoʻlga kiritdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish boʻyicha bahslar yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda startga chiqqan Oʻzbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova 10.36 metr natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi va navbatdagi kumush medalni delegatsiya hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Shuningdek, ushbu yoʻnalishda qatnashgan yana bir sportchi Madina Muxtorova 8.10 metr natija qayd etdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi.
Qayd etish kerakki, Paralimpiya bahslarining birinchi kunida para suzuvchi Muslima Odilova bronza medalini, para tayekvondochi Ziyodaxon Isoqova esa kumush medalini qoʻlga kiritgan edi.
Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring