Xushxabar: Umra reyslari har kuni amalga oshiriladi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati maʼlum qilishicha, avval, 2022-yil 22, 25 va 28-yanvar kunlari Toshkent shahridan Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga oʻzbekistonlik ziyoratchilarni umra ibodatlarini ado etish uchun reyslar amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.
22-yanvar kuni 1-reys parvozi Saudiya Arabistoniga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Kecha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov tomonidan OAVga berilgan intervyuda Umra ziyorati uchun 2022-yil 1-fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10-fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshirilishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring