Xorazm viloyatiga hokim tayinlandi
2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
F. Ermanov 1958 yilda tugʻilgan. Ilgari Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan oʻtgan. Xalq deputatlari kengashining partiyalar guruhlari bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qoʻllab-quvvatlangan.
Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi.
Prezidentimiz viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon boʻlib, bugun belgilab berilgan vazifalarni toʻla bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilash boʻyicha kutilgan natijalarga erishishi zarurligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring