Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi
Hukumatning tegishli qaror bilan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga koʻra, Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovi har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) oʻqitiladigan maktablar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentyabrgacha Xalq taʼlimi vazirligi axborot tizimida maktab terma jamoasini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Shunga koʻra, roʻyxatdan oʻtgan maktab har yili 20-oktyabrgacha axborot tizimiga xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini kiritadi.
Tanlovda har bir maktabdan bitta til boʻyicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda oʻqiydigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topadi.
Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
1-bosqich (tuman bosqichi) – har yili fevral oyida. Bunda ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan oʻtkaziladi.
2-bosqich (viloyat bosqichi) – har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), oʻqish (reading) va leksik-grammatik koʻnikmalari baholanadi.
3-bosqich (respublika bosqichi) – har yili avgust oyida. Mazkur bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va oʻqish (reading) koʻnikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan oʻtkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.
Respublika bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida eʼlon qilinadi.
Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:
Tuman (shahar) bosqichida:
1-oʻrin – 100 million soʻm;
2-oʻrin – 75 million soʻm;
3-oʻrin – 50 million soʻm.
Viloyat bosqichida:
1-oʻrin – 250 million soʻm;
2-oʻrin – 200 million soʻm;
3-oʻrin – 150 million soʻm.
Respublika bosqichida:
1-oʻrin – 500 million soʻm;
2-oʻrin – 400 million soʻm;
3-oʻrin – 300 million soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring