Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

11:59 08 Oktyabr 2024 Siyosat
283 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayon bilan tanishdi.

Ular dastlab hududiy saylov komissiyasida boʻldi. Komissiya raisi Baxtiyorjon Rasulov saylovga tayyorgarlik jarayoni, saylov uchastkalarida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar, masʼullarning mavzuga doir bilimini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar haqida soʻzlab berdi.

Xorijiy kuzatuvchilar hududiy komissiya va komissiya aʼzolarining ish faoliyati, jarayonni ommaga yetkazish uchun barpo etilgan qulayliklar bilan tanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?