Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi (Fotoreportaj)

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
“Koʻksaroy” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
— Sizlarni ishontirib aytamanki, Oʻzbekistonda investorlar oʻzini erkin his qilishi, ertangi kunga katta ishonch bilan barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz. Aynan shuning uchun, bizga yaqin doʻst, xayrixoh boʻlgan eng ishonchli investorlar ishtirokida yangi Kengashni tashkil etmoqdamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kengash huzurida sarmoyadorlarni qoʻllab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi. Yangi Ishchi guruhning faoliyatini investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov muvofiqlashtirib boradi.
Xususan, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha boʻlgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida koʻrsatadi.
U boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor eʼtiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.
Investorning biror-bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi. L.Qudratovga har oyda bir marotaba Prezidentga hisobot kiritish vazifasi yuklatiladi.
Xasan PAYDOYEV olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring