Xorijdan keltiriladigan xomashyo importiga 25 foizlik chegirma joriy etildi
Joriy yilning 1-noyabridan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ respublikaga import tashuvlarida xomashyo tashish uchun 25 foizlik chegirma joriy qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston temir yoʻllari Axborot xizmati xabar berdi.
Bu roʻyxatga kimyo, oziq-ovqat va sanoat tarmoqlarida qoʻllaniladigan 114 turdagi xomashyo kiritilgan. Ular orasida grechka, kakao loviya, xloridlar, siyanidlar, turli boʻyoqlar, antioksidantlar va boshqalar mavjud.
Maʼlum qilinishicha, chegirma mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilmoqda.
25 foizlik chegirmaga ega boʻlgan tovarlarning toʻliq roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring