Xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib kelish davlat tomonidan ta’minlanadi, farzandlariga alohida g‘amxo‘rlik qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

15:35 23 Iyun 2023 Jamiyat
390 0

“Chet eldagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytiramiz.

Xususan, og‘ir ahvolga tushib qolgan barcha yurtdoshlarimizga xorijiy davlatning o‘zida moddiy yordam imkoniyatlarini yanada kengaytiramiz. Jumladan, ularga vaqtincha yashash, hujjatlarini tiklash, ona Vataniga qaytish kabi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Taqdir taqozosi bilan xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni o‘z yurtiga olib kelish davlat tomonidan ta’minlanadi. Ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolariga alohida g‘amxo‘rlik qilinadi, farzandlarini o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, xorijda ishlayotgan odamlarimizning huquqlarini himoya qilish maqsadida, ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер