Xorazmlik yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

12:11 14 Mart 2025 Jamiyat
67 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda mamlakatimiz Prezidentining 2025-yil 29-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan milliy armiyamiz saflariga navbatdagi chaqiruv amalga oshirilmoqda.

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi haykali oldida chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, boʻlgʻusi askarlarga Vatan himoyasi yoʻlidagi sharafli xizmatlarida omad tiladi.

— Muddatli harbiy xizmatga kuzatish tadbiri aynan mana shu joyda — Jaloliddin Manguberdi bobomiz haykali poyida oʻtkazilayotganida ham oʻziga xos ramziy maʼno bor, — deydi boʻlajak askar Murod Sharifboyev. — Buyuk sarkardaning soʻnmas jasorati avlodlar uchun beqiyos ibrat namunasi boʻlib, bizni doimo mardlik va matonatga chorlab turadi. Xizmat davomida zamonaviy harbiy bilim va koʻnikmalarni puxta egallab, jonajon Vatanimizga, xalqimizga, hurmatli Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz!

Sohibqiron Amir Temur bobomiz: “Askarlari botir el qudratli boʻlur”, deb bejiz taʼkidlamagan. Bugun harbiy xizmatga chaqirilayotgan yigitlar xuddi ana shunday fazilatlarga ega, jismonan baquvvat, zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda xorijiy tillarni puxta egallagan yoshlardir. Ular Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi boʻlib, Vatanimiz sarhadlarini munosib himoya qilishlariga shubha yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер