Xorazmdagi bogʻchada tarbiyachilarning eʼtiborsizligi sabab 2 yoshli bolaning barmogʻi kesilib ketdi
Maktabgacha taʼlim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birining tarbiyalanuvchilardan biri muassasa xodimlarining eʼtiborsizligi tufayli barmogʻini kesib olgani toʻgʻrisidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda urganchlik Mohira Atajanova farzandi 2019-yilda tugʻilgan Shohjahon Doschanov Urganch shahridagi “Osiyo bonu” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgani hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining eʼtiborsizligi tufayli barmogʻi qattiq jarohatlanib, kesilib ketganini maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, holat boʻyicha zudlik bilan Xorazm viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi rahbariyati bilan bogʻlanilib, vaziyatga oydinlik kiritilgan. Viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan roʻy bergan holat yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazilgan hamda 26-aprel kuni tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisining eʼtiborsizligi tufayli baxtsiz hodisa sodir etilgani tasdiqlangan. Tarbiyalanuvchiga jarohat yetganini koʻrgan tarbiyachi bolani kasalxonaga yetkazgan.
“Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hisoblanib, 35 quvvatga ega, bugungi kunda 22 nafar bola tarbiyalanmoqda. 2018-yilda tashkilotga oʻz faoliyatini yuritish uchun tegishli tartibda guvohnoma berilgan boʻlib, shu vaqtga qadar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bunday koʻngilsiz holatlar roʻy bermagan.
Maktabgacha taʼlim vazirligi hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tartibda oʻrganish tadbirlari oʻtkazilayotgani, qolaversa, sodir etilgan noxush holatga eʼtiborsiz emasligini maʼlum qilgan.
“Sodir boʻlgan voqea yuzasidan keyingi tafsilotlar huquq-tartibot organlari axborot xizmatlari tomonidan beriladi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 241-son qarorga koʻra, ushbu “Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga taʼlim va tarbiya faoliyatini yuritish uchun litsenziya berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring