Xorazmda zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi
Xorazm viloyati Shovot tumanida yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departamentning Gurlan tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan B.Y. va D.Y. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, Shovot tumani “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yerni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 66 000 dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 45 000 dollar va 130 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring