Xorazmda senator va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S.Abdikarimova Xorazm viloyatida “Bitiruvchi yoshlar — kelajak masʼuliyatini zimmasiga olgan avlod!” shiori ostida yosh bitiruvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda taʼkidlanganidek, yurtimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, ularning zamonaviy bilim olishi, kasb egallashi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan qator dastur va tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda hududlarda bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhlar va shtablar faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda yoshlarga mazkur guruhlarning vazifalari va ishlash mexanizmi haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, yoshlarni oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga yoʻnaltirish, fan va innovatsiyalar yoʻnalishida yutuqlarga erishgan faol yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muloqot davomida talaba va bitiruvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring