Xorazmda ishchi guruhi ishni nimadan boshladi?
Mamlakatimizda Prezidentimiz Farmoyishi bilan “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilindi. Mazkur Farmoyish ijrosi doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi Halillilo To‘raxo‘jayev boshchiligida ishchi guruhi mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda Xorazm viloyatida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Vohaning Hazorasp, Yangiariq, Tuproqqal’a va Xonqa tumanlarining 20 ga yaqin mahallalarida tomorqadan maqsadli va samarali foydalanish, yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu borada yerlarni tayyorlash, ko‘chat ekish va issiqxonalar qurish, qabristonlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. Tomorqa xo‘jaligi va sug‘orish tizimida yuzaga kelayotgan ba’zi muammolar borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha mevali va manzarali daraxtlar, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari hamda tumandagi o‘nga yaqin qabriston va ziyoratgohlarda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi.
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- “Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring