Xorazmda IIB xodimi 30 ming dollar bilan ushlandi

09:41 24 Dekabr 2025 Jamiyat
356 0

Videodan kadr

Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili fuqarodan 30 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali fuqaroga Xiva shahri hududidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish uchun ruxsat olib berishini aytgan. U buning evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda esa Buvayda tumanida yashovchi 27 yoshli shaxs 19 yashar tanishi bilan til biriktirib, oʻzi va 14 nafar yoshlarga dehqonchilik qilish uchun davlat tomonidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Buning evaziga 115 mln soʻm talab qilishib, 9,5 ming dollar va 700 ming soʻm olgan vaqtlarida DXX hamda IIO xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 229-6-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?