Xorazm viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda

11:36 13 Noyabr 2025 Jamiyat
130 0

Ayni kunlarda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Raximov rahbarligidagi delegatsiya Yaponiyaga xizmat safari bilan tashrif buyurgan.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Kunchiqar mamlakatning 10 dan ortiq yirik kompaniya va tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, Xorazm viloyati iqtisodiyotiga yapon sarmoyasini jalb etish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha samarali muzokaralar oʻtkazdilar.

Uchrashuvlar yakunida qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, “In Aid Co. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarni IT sohasida oʻqitish va Yaponiyada ish bilan taʼminlash, “Vortex” kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida zamonaviy mehmonxona qurish, shuningdek, Yaponiyaning yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri — “Nippon Travel Agency” bilan viloyatga sayyohlarni jalb qilish boʻyicha kelishuvlar imzolandi.

Xorazm viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda.

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?