Xonobodda prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi

10:12 25 Yanvar 2022 Jamiyat
631 0

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda prokuratura xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, shahar hokimi, faxriy mehmonlar hamda keng jamoatchilik aʼzolari ishtirok etdi.

Andijon viloyat prokurori Sirojiddin Eshquvvatov soʻzga chiqib, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotganligi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etdi.

Tadbir qatnashchilari yangi binoda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishishdi.

Binoda shahar prokuraturasi bilan birga departament va byuroning shahar boʻlimlari ham faoliyat olib boradi, xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.

Eng muhimi, yangi bino aholi yashash joyiga yaqin va murojaat etib keluvchilar uchun qulay joyda joylashganligidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?