Xonobod sayyohlik markaziga aylanadi
Xonobod shahrida nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatimizning barcha hududlaridan keladigan mehmonlar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yirik turistik loyiha amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, sunʼiy koʻl barpo etilishi va uning atrofida zamonaviy dam olish maskanlari tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
— Mazkur loyiha uchun Kampirrovot mahallasi hududidan 104 gektar yer maydoni ajratilgan, — deydi shahar hokimi Elyorbek Xolmirzayev. —Shu asosda 25 gektarlik sunʼiy koʻl, savdo va koʻngilochar markazlari, uchta ochiq plyaj hamda “Akvapark” quriladi. Shuningdek, har biri 100 oʻrinli sakkizta apart-otel, 200 oʻrinli zamonaviy mehmonxona, sport maydonlari, aholi dam olish hududlari va koʻrkam yashil maydonlar barpo etilishi nazarda tutilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 970 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ayni paytda Xonobod shahriga yiliga oʻrtacha 180 ming nafar sayyoh tashrif buyurmoqda. Yangi turistik maskanlar barpo etilishi esa bu koʻrsatkichni yanada oshirib, shaharning respublika va mintaqadagi sayyohlik markazlaridan biriga aylanishiga zamin yaratadi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring