XXR raisi Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazdi

12:51 16 May 2024 Dunyo
377 0

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Pekinda qabul qildi. Xabarga koʻra, ikki tomonlama iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻllari muhokama qilingan.

— Mamlakatlarimizning hisob-kitoblarni milliy valyutalarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori oʻz vaqtida amalga oshirildi va savdo oqimining kengayishiga turtki boʻldi. Ikki tomonlama munosabatlar hech kimga qarshi qaratilmagan, — degan Vladimir Putin Si Szinpin bilan oʻtgan tor doiradagi uchrashuvda.

Kreml matbuot rahbari Dmitriy Peskovning aytishicha, AQSH Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikka xalaqit bermoqda. Uning qoʻshimcha qilishicha, davlatlar ikkinchi darajali sanksiyalarni dialog orqali hal etishadi va tashqaridan yordam kutmaydi.

Tor doiradagi uchrashuvdan soʻng delegatsiyalar ishtirokida Rossiya—Xitoy muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Rossiya Federatsiya rahbari ikki hamkor davlatning sherikchiligi hech kimga qarshi qaratilmaganligini yana bir bor qoʻshimcha qildi.

— Bugungi global siyosatda hamkorligimiz asosiy barqarorlashtiruvchi omillardan biri boʻlib xizmat qilmoqda, — degan Putin. Shuningdek, Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirgan.

— Oʻtgan chorak asrda Xitoy—Rossiya munosabatlari ogʻir sharoitlarda mustahkamlandi. Xalqaro vaziyatdagi sinovlardan oʻtdi. Xitoy doim Rossiyaning ishonchli doʻstlaridan biri boʻlib qoladi, — degan XXR raisi.

Shuningdek, ikki hamkor davlatlar 2033—2035-yillarda qoʻshma oy stansiyasiga moʻljallangan atom elektr stansiyasini ishlab chiqish boshlanganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер