Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda “Norma.uz” xabar berdi.
Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida halok boʻlsa, uning oilasiga BHMning 200 baravari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi. Agar harbiy xizmatchi xizmatda jarohat olib, bir yil ichida vafot etsa, toʻlov miqdori BHMning 84 baravarini tashkil qiladi. Ushbu toʻlovlar nafaqat halok boʻlganlarga, balki jarohat olganlarga ham taalluqlidir.
Shuningdek, xizmat vaqtida nogironlikka uchragan shaxslarga toʻlovlar nogironlik darajasiga qarab amalga oshiriladi. I guruh nogironiga toʻlovning 75 foizi, II guruhga 50 foizi, III guruhga esa 30 foizi toʻlanadi. Shu bilan birga, ogʻir va yengil yaradorlikka uchragan harbiy xizmatchilarga ham tegishli foizlarda toʻlovlar beriladi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki maxsus unvonlarga ega xodimlar sogʻligʻi tufayli xizmatga yaroqsiz deb topilsa, ularga BHMning 10 foizi miqdorida toʻlov toʻlanadi. Bu sugʻurta toʻlovlari sugʻurta qildiruvchi tomonidan chorak boshidan 15 kun ichida sugʻurtalovchining hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim. Toʻlov sugʻurta shartnomasiga binoan bir yil davomida amal qiladi.
Sugʻurta toʻlovlari sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki qonuniy boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Sugʻurta mukofoti oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, toʻlovlar sugʻurtalovchi tomonidan barcha hujjatlar kelib tushgandan keyin 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Bu tartib sugʻurta toʻlovlarini oʻz vaqtida taʼminlashga yordam beradi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
- Bosh prokuratura muzeyiga noyob eksponatlar kiritildi
- Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring