Xivadagi “dom”da 3,7 milliard soʻmlik gaz talon-toroj qilindi

11:38 27 Fevral 2026 Jamiyat
148 0

Xiva shahridagi koʻp qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Xorazm viloyati Xiva shahrida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.

Tekshiruv davomida shaharning “Qiyot” MFYda joylashgan “F. H.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu uy taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 3 milliard 730 million soʻm zarar qayd etilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер