Xitoyning Oʻzbekistondagi elchisi Yuy Szyun: Xitoy iqtisodining umumiy ahvoli yaxshilanmoqda, istiqboli porloq kelajak hali oldinda
Bu yil boshidan boshlab AQSH va boshqalarning foiz stavkalarining davomli oshirilishi, geosiyosiy keskinlik kabi turli omillar taʼsiri ostida jahon iqtisodiyoti pastga qarab qulashni boshladi, yetakchi davlatlar iqtisodiyotida oʻsish surʼatlari butunlay sekinlashdi. Shundan ham soʻnggi vaqtlarda Gʻarb OAVlarida Xitoy iqtisodiyotining qulayotgani haqida tez-tez yangiliklar chiqib turibdi. Xitoy iqtisodiyoti koʻrsatkichlarining bir tomonlama tahlil qilinishi, “eksport kamayishi”, “ishsizlikning oʻsishi”, “koʻchmas mulk bozoridagi koʻpik”, “iqtisodiy qulash” kabi atamalarni koʻpirtirib koʻrsatuvchi holatlar koʻpayib qoldi.
Haqiqat esa aslida shundaymi? Faqat yakka, qisman va qisqa muddatli oʻzgaruvchan maʼlumotlarga, baʼzi tahlilchilarning bir yoqlama fikriga tayangan holda Xitoy iqtisodiyotining umumiy holatiga xolis baho berish mumkinmi? Shu kabi savollarga javob olish uchun Xitoyning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyunga murojaat qildik.
— Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, iqtisodiy oʻsishda baʼzi obyektiv qoidalar mavjud. Xitoy iqtisodiyotini tahlil qilishda, hozirgi va uzoq muddatli rivojlanishga eʼtibor qaratish lozim. Albatta tezlikka ham, oʻsishga ham, eng muhimi sifatga eʼtibor berish lozim. Men oʻzbekistonlik doʻstlarim bilan bir necha fikrlarim bilan boʻlishmoqchiman.
Iqtisodiy oʻsish surʼatlariga qaraydigan boʻlsak, Xitoy hali ham jahon iqtisodiyoti rivojini qayta tiklovchi va harakatga keltiruvchi asosiy kuch va dvigatel boʻlib qoladi.
2023-yilning birinchi yarim yilligida, Xitoy iqtisodining umumiy faoliyati yaxshilandi, bozor talabi bosqichma-bosqich tiklandi, ishlab chiqarish va yetkazib berish miqdori oshdi, ishchi kuchi bahosi umuman olganda barqaror, aholi daromadlari barqarorligi ham oshdi, mamlakat hududida ishlab chiqarishning umumiy qiymati 593,034 milliard yuanga yetib, yillik oʻsish 5,5 foizni tashkil etdi. Aynan shu davrda AQSH,Yevrohudud Yaponiyaning yillik oʻsish miqdori mos ravishda 1,8, 1, 1,9 foizni tashkil etdi.
Joriy yilning avgust oyida eʼlon qilingan maʼlumotlarga asosan, Xitoyda mahsulot indeksi va savdo indeksi ham oʻsdi. Talab va taklifning kuchli vaziyatini namoyish qildi. Ishlab chiqarish IFI (ishbilarmonlik faolligi indeksi) oʻsdi. Talab taʼminotni harakatlantirib, elektron tijorat logistikasi indeksi 8 oy uzluksiz oʻsdi, bozor yaxshilanishda davom etmoqda, butun mamlakatda fyuchers savdosi koʻlami kengayib bormoqda. Bu iqtisodiyot barqarorlashayotganini va tiklanish surʼati yanada ravshanroq ekanligini koʻrsatmoqda.
Mashhur yirik moliyaviy institutlarning baholashicha, bu yil Xitoy iqtisodiyoti koʻzlangan oʻsish surʼatiga erishadi. Shulardan kelib, chiqib, Xitoy iqtisodiyoti yirik iqtisodiyotlar ichida hali ham “aʼlochi” hisoblanadi, deyish mumkin.
Investitsiyalarga qaraydigan boʻlsak, hatto antiglobalizm va protetsionizm avj olayotgan paytda ham, baʼzi davlatlarning Xitoyga nisbatan bosimi va noqulay sharoitlari ostida ham, mamlakat bozori dunyo investorlarining umidlarini puchga chiqargani yoʻq. Yaqin besh yillikda, Xitoyning tashqi investitsiyalari daromadi 9,1 foizni tashkil etdi, bu koʻrsatkich Yevropa va AQSHdagi 3 foizlik daromaddan ancha yuqoridir.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida, Xitoyning yangi xorijiy investitsiyalar hisobiga ochilgan korxonalari soni 240 mingga yetib, 35,7 foizga oʻsdi. Shundan, yuqori texnologiyalar sohasiga jalb qilingan investitsiyalar 7,9 foizga oʻsib, umumiy hisobda 39,4 foizga yetdi. Koʻplab rivojlangan mamlakatlarning Xitoyga investitsiyalari ikki xonali sonlardan uch xonali sonlargacha oʻsishni saqlab qoldi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniyaning Xitoyga kiritgan investitsiyalari mos ravishda 173,3, 135,3, 53 va 14,2 foizga ortdi. Naqd daromadlar oldida investorlar baʼzi siyosatchilarning siyosiy oʻyinlarini oʻynamaydilar.
Xitoy bozorining oʻrnini boshqa bozor bosa olmaydigan yashash qobiliyati va bahosi ham aslida shunda — xuddi urugʻ ekiladigan serhosil yerga oʻxshaydi, uzoqni koʻra biladigan va oqil dehqon nafaqat qisqa yogʻib oʻtadigan yomgʻirni va bir fasllik hosilni, balki ishning umumiy qiymati va daromadning qaytishiga asosiy eʼtiborni qaratadi.
Chunki Xitoy bozori nafaqat daromad olib keladi, balki oʻsish imkoniyatini ham beradi.
Koʻpgina xorijlik investorlarning taʼriflashicha, Xitoy iqtisodiyoti oʻzining mustahkamligini namoyish etmoqda. Hukumat investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash uchun faol harakat qilmoqda, chet el kompaniyalari ishonchining oshishi, kelajakda rivojlanish uchun katta imkoniyatlar taqdim qilmoqda.
Tashqi savdo koʻlami nuqtai nazaridan kelib chiqib, joriy yilning birinchi yarmida mustahkam va progressiv tendensiyani saqlab qolgan Xitoy tashqi savdo koʻlami tarixda birinchi marta 20 trln.dan ortdi. Ayni vaqtda, tashqi iqtisodiyot surʼatining pasayishi taʼsirida tashqi talabning susayishi, Gʻarb mamlakatlarining Xitoyga tashqi savdoda qoʻygan asossiz cheklovlari taʼsirida, oxirgi bir necha oy eksport bir oz kamaydi, ammo oylik import va eksport holati barqarordir.
Soʻnggi maʼlumotlarga asosan, joriy yilning yanvar — avgust oylarida Xitoy tashqi savdo import-eksport umumiy qiymati 27.08 trln. yuanni tashkil qildi hamda ayni vaqtga nisbatan tarixda eng yuqori koʻrsatkichni namoyish etdi, shuningdek, eksport miqdori ham oshishda davom etdi.
Ular orasida ishlab chiqarish zanjiri uzun, qiymati yanada baland mahsulotlarda import-eksport oʻsish surʼati yanada aniq namoyon boʻldi. Mexanika va elektr mahsulotlari umumiy eksport miqdorining 58 foizni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga oʻsdi. Avtomobil va ehtiyot qismlari, kemalar, elektrotexnika va boshqalar eksporti oʻtgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda mos ravishda 5,1, 28, 18,6 foizga ortdi. Alohida eʼtirof etish lozimki, oʻtgan sakkiz oy Xitoy birga tashkil etgan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi mamlakatlari bilan eksport-importi 12,62 trln. yuanga yetib, oʻtgan yilning shu vaqtiga nisbatan 3,6 foizga koʻpaydi. Markaziy Osiyoning besh davlati bilan import-eksport 390,47 mlrd. yuanga yetib, 34,1 foizga koʻpaydi.
Isteʼmol bozori nuqtai nazaridan qaraydigan boʻlsak, Xitoy isteʼmol bozori kengayishda davom etdi, talab va taklif borasidagi mutanosiblik borgan sari yaxshilanib bordi, aholining isteʼmolchilik ishonchi borgan sari ortib boryapti. Energiyaning narxi pasayishi, avtomobilsozlik sanoati aksiyalarining narxi tushganligi kabi omillar taʼsirida aholi isteʼmolining narxi umuman olganda tushmoqda.
Joriy yilning iyul oyidan Xitoy aholisining isteʼmol narxlari indeksi (CPI) ishlab chiqaruvchilar narxi indeksi (PPI) pastga tushishi kuzatildi, tashqi dunyo esa buni bir oz koʻpirtirib koʻrsatdi, Xitoy iqtisodiyoti deflyatsiyaga yuz tutyapti, deb hisobladilar.
Keyin, iqtisodiyotning umumiy harakati nuqtai nazaridan qaraganda Xitoy bozori toʻlaligicha farovon, ayni paytda Xitoy bozorida deflyatsiya yoʻq, keyingi bosqichlarda ham deflyatsiyaga uchramaymiz.
Iqtisodiyotning tiklanishi bilan, aholini ish bilan taʼminlash holati yaxshilanmoqda, daromadlari ortmoqda, isteʼmolni takomillashtirish qonunlari samarali natija berdi. INI (CPI)ning yillik oʻsishi bosqichma-bosqich maʼqul keladigan darajaga chiqadi, isteʼmolchilar koʻlami esa yanada kengayishiga umid bor.
Dalillar, Davlat Statistika qoʻmitasining eng soʻnggi maʼlumotlariga asosan, avgust oyida INI (CPI) ijobiy hududga keldi, ichki talab chegarasi yaxshi tomonga oʻzgardi, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ICHNI (PPI) pasayish tezligi susaydi.
Bandlik holati nuqtai nazaridan qaraganda, Xitoy iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha olib borgan chora-tadbirlari bosqichma-bosqich oʻz natijasini berdi. Bandlikni barqarorlashtirish siyosati bor kuchini sarflayapti, bandlik holati yaxshi tomonga oʻzgarishda davom etyapti. Joriy yil yanvar — iyul oylarida butun mamlakat shahar va tumanlarida 7,83 mln yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi. Ishsizlik darajasi 5,4 foizga tushdi. Tashqi dunyo qattiq qaygʻurayotgan yoshlarning ishsizlik darajasi haqida, shu yerda men ham izoh berib oʻtmoqchiman. Haqiqatni aytadigan boʻlsak, yoshlarning ish topish masalasida bosim juda katta, ishsizlik masalasi ham obyektiv masaladir.
Ayni damda, yoshlarning ishga joylashish masalasi global va barcha davlatlar umumiy duch keladigan muammodir, Xitoy bundan ham istisno emas. Iqtisodiy siklning oʻsishi bilan, mehnat bozorida toʻlqinlanish yuz beradi, yosh ishchi kuchiga talab va taklif orasida muvozanat buziladi, shuningdek, yoshlarning ishga joylashishga boʻlgan qarashi ishga joylashishdagi muvaffaqiyat va bozorning holatiga juda katta taʼsir koʻrsatadi.
Masalan, koʻpchilik universitet bitiruvchilari megapolis shaharlarga va barqarorligi yuqori boʻlgan lavozimlarga eʼtibor qaratadilar, davlat korxonalari va hukumat tashkilotlari tanlovda birinchi oʻrinda turadi, ishga kiruvchilar tinimsiz yuqoriga koʻtarilishga umid qiladilar, ammo aslida 80 foizga yaqin bozor talabi xususiy korxonalardan kelgan, bu esa, oʻz navbatida, ishsizlik darajasiga taʼsir oʻtkazmay qolmaydi.
Bugungi kunda, Xitoyning turli darajadagi organlari yoshlarning ishga joylashish muammosini ilgari surmoqdalar, boʻsh ish oʻrinlarini yaratmoqdalar. Bandlikni barqarorlashtirish uchun faol harakat olib bormoqdalar, bir qator siyosat va chora-tadbirlar ishlab chiqdilar va amalga oshirmoqdalar. Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari va tanishtiruv tadbirlari tashkillashtirildi, yoshlarning ish oʻrinlarini topishga koʻmaklashilmoqda, ularning mehnat huquqlari himoya qilinmoqda.
Barchangizga ayon, bu yil avgust oyidan boshlab, Xitoy yoshlar va boshqa yosh guruhlari uchun shahar va tumanlarda ishsizlik boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazishni toʻxtatdi. Asosiy sabab: iqtisodiyot va jamiyat uzluksiz rivojlanib, oʻzgarib boradi, ishchi kuchi haqidagi statistik tekshiruvlar ham takomillashtirilishi kerak. Soʻnggi yillarda Xitoy aholisining taʼlim olganlik darajasi oʻsishda davom etyapti, taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan talabalar koʻlami borgan sari kengayib bormoqda.
Taʼlim dargohlarida oʻqiydigan talabalarning asosiy vazifasi oʻqish, bitirishdan oldin ish topgan talaba ishchi kuchlari statistikasiga kiritilishi kerakmi, yoʻqmi, buni ham yana tadqiq etib koʻrish lozim. Hozirgi paytda yoshga bogʻliq ishsizlik darajasi haqida maʼlumotlar eʼlon qilish toʻxtatildi, ammo bu umumiy ishsizlik haqida tadqiqot oʻtkazishga xalal bermaydi. Ishsizlikning umumiy darajasi, avvalgidek, bandlik darajasining umumiy holatini aks ettiradi.
Hozir dunyo tarixi tadrijiy oʻzgarishining chorrahasida turibdi. Turli xavf va chaqiriqlar yigʻilganiga qaramay, davlatlarning oʻzaro manfaatli hamkorlikka intilishi yanada kuchli.
Xitoy kelajakda ham tashqi dunyo uchun yuqori darajadagi ochiqlikni davom ettiradi. Xitoy uslubidagi modernizatsiyani sifatli rivojlantiradi va har tomonlama ilgari suradi, yangi rivojlanish konsepsiyani davom ettiradi, yangi rivojlanish namunasi qurilishini tezlashtiradi, barcha mamlakatlar uchun oʻzaro manfaatli yangi imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, u jahon iqtisodiyoti tiklanishi va oʻsishi uchun barqaror oqim kiritadi.
Men Xitoyning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida bir necha yillardan buyon Rais Si Szinpin va Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblarining strategik boshqaruvi ostida, ikki davlat rivojlanish strategiyasi mustahkam tutashganini, pragmatik hamkorlik boy hosil berayotganini, ikki davlat aholisiga sezilarli foyda keltirganini koʻrishdan bagʻoyat mamnunman.
Xitoy uzoq vaqtdan beri Oʻzbekistonning barqaror, asosiy savdo hamkor davlati, asosiy import mahsulotlari keluvchi va eksport mahsulotlarini chiqarish maqsadi boʻlgan davlat maqomida, Oʻzbekistonda Xitoy korxonalari soni 1800 tadan oshdi. Ikki davlat yashil taraqqiyot, atrof-muhitni himoya qilish, qashshoqlikni yengish va hokazo yangi sohalarda hamkorlikda jadal oldinga siljishda, energetika, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi kabi anʼanaviy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashda davom etyapti. Oʻzaro aloqalarning darajasi uzluksiz yuqorilamoqda.
Bu yil Xitoy islohotlar va ochiqlik siyosatining 45 yilligi, “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligi. Xitoy oktyabr oyida oʻtkaziladigan “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro hamkorlik forumiga astoydil tayyorgarlik koʻrmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham unda ishtirok etish uchun taklif qilinadi.
Shu fursatdan foydalanib, Oʻzbekistonni ham oʻz ichiga qamrab olgan xalqaro hamjamiyatga, oʻzaro manfaatli hamkorligimiz uchun goʻzal tilaklarimni izhor qilaman. Biz maqsadni bir joyga qoʻyib oʻylamogʻimiz, kuchni bir joyga sarflamogʻimiz, qoʻlni-qoʻlga berib dunyo iqtisodiyotining katta kemasini toʻlqinlar orasida oldinga harakatlantirmogʻimiz, yelkanlarni koʻtarib uzoq suzmogʻimiz lozim!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring