Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

21:24 07 Iyun 2024 Jamiyat
374 0

Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi havo qatnovlarini koʻpaytirish niyati “Uzbekistan Airports” rahbariyati va aviakompaniya vakillari oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlum qilindi. Shuningdek, muzokaralar chogʻida ikki davlat oʻrtasida yuk tashishni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda “Loong Air” aviakompaniyasi haftasiga uch martadan Chengdu — Toshkent va Sian — Toshkent yoʻnalishlarida muntazam yoʻlovchi qatnovlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelyapti, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.

“Loong Air” — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi boʻlib, yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlarini koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер