Xitoylik sarmoyadorning koʻngli toʻldi
Xitoylik sarmoyador Hou Ling bundan uch oy avval Uchqoʻrgʻon tuman davlat xizmatlari markazida xorijiy korxonasini roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Qisqa vaqt ichida 5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilib, yangi texnologiyalar oʻrnatildi. Ayni paytda bu yerda qishloq xoʻjaligida unumli sanalgan tomchilatib sugʻorish uskunalari tayyorlanmoqda. Hozirga qadar isteʼmolchilarga 4 milliard soʻmlik mahsulot yetkazib berildi. Asosiy xaridorlar ichida Toshkent va boshqa viloyatlardagi fermer xoʻjaliklari bor.
— Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlaridan koʻnglim toʻldi,-deydi xitoy lik investor. –Qulay ishlab chiqarish infratuzilmasi, mahalliy aholining mehnatga ragʻbati har qanday sarmoyadorga qanot bagʻishlaydi. Ayniqsa, zamonaviy binolarda xizmat koʻrsatayotgan Davlat xizmatlari markazi xodimlari menda yaxshi taassurot qoldirdi. Hujjatlarni rasmiylashtirish va xorijiy korxona ochish juda yengil kechdi. Endilikda biznesimni yana-da kengaytirish harakatidaman.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring