Xitoyga anor eksportiga yoʻl ochildi

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyanning joriy yil 1-2-noyabr kunlari respublikamizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat oʻrtasida meva eksport-importini amalga oshirish bilan bogʻliq 2 ta muhim kelishuv hujjati imzolandi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati xabar berdi.
Imzolangan birinchi kelishuv natijasida mevalarni avtotransportlarda uchinchi mamlakat hududidan tranzit orqali Xitoyga eksport qilish imkoniyati yaratildi va buni amalga oshirish boʻyicha talablar belgilandi.
Talablarni bajarish orqali, endilikda tadbirkorlar yangi uzilgan (Xitoyga eksport qilinishiga ruxsat etilgan) mevalarni Qozogʻiston orqali Xargos va Alashankou hamda Qirgʻiziston orqali Irkeshtam va Turgart chegara oʻtkazish punktlaridan Xitoyga avtotransportlarda olib oʻtishlari mumkin boʻladi. Kelishuvda, shuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlar boʻyicha asosiy talablar sifatida quyidagilar sanab oʻtilgan:
- mevalar xavfli zararkunanda kasallik va begona oʻtlardan holi boʻlishi;
- mahsulotlar oʻsimliklar karantini inspektori nazorati ostida avtotransportga yuklanishi, muhrlanishi hamda tegishli maʼlumotlar fitosanitar sertifikatda aks ettirilishi lozimligi;
- mahsulotlar tranzit orqali olib oʻtilayotganda avtotransport birligining muhri buzilmaganligi, mahsulotlar qadogʻi oʻzgartirilmaganligi, unga zarar yetkazilmaganligi va hokazo.
Shu bilan birga, xitoylik yuqori martabali mehmon tashrifi davomida anor mevasini Xitoyga eksport qilish boʻyicha ham kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvda anorni eksport qiluvchilarga nisbatan quyidagi asosiy talablar belgilangan:
- meva yetishtiriladigan bogʻlar, qadoqlash sexlari, sovitgichda saqlash sharoitlari Xitoy va Oʻzbekiston karantin xizmatlarining birgalikdagi roʻyxatidan oʻtkazilishi va eksportga yuklashdan oldin fitosanitar nazoratdan oʻtkazilishi;
- meva zararli organizmlardan (karob kuyasi, olma mevaxoʻri, anor mevaxoʻri, tok barg oʻrovchisi, komstok qurti) holi hududlarda yetishtirilgan boʻlishi;
- meva yetishtiriladigan bogʻlar va qadoqlash sexlari Xalqaro sertifikatsiyalar (GAP) tizimini qoʻllashlari (tavsiya etiladi);
- meva yetishtiriladigan bogʻlar Oʻzbekistonning oʻsimliklar karantini inspektorining doimiy nazoratida boʻlishi, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va tashish inspektor nazorati ostida amalga oshirilishi;
- qadoqlash jarayonida anor har qanday zararli organizmlardan, jumladan, hasharot va kanalardan holi hamda chirigan va shakli buzilgan mevalar, barglar, ildizlar, tuproqlar, oʻsimlik qoldiqlaridan tozalangan boʻlishi;
- qadoqlar toza, avval ishlatilmagan boʻlishi, alohida saqlanishi, har bir quti meva nomi, eksport qilayotgan mamlakat, mahsulot yetishtirilgan hudud, bogʻ, qadoqlash sexi nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda markirovkalangan boʻlishi lozim.
Eslatib oʻtamiz: belgilangan talablarga rioya etilmagan holda, yuklanib eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar chegara punktlaridan qaytarilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Talablarga javob beruvchi tadbirkorlar, bogʻ, qadoqlash sexlari va sovutish omborlari egalari roʻyxatdan oʻtish (reyestrga kiritish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga murojaat qilishlari soʻraladi. Murojaat uchun tel.: +998 71 255-28-51, +998 71 255-73-23, veb-saytimiz: www.karantin.uz.
Maʼlumot oʻrnida: Hozirgi kunga qadar, Xitoyga 12 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsuloti eksportiga ruxsat olishga erishilgan boʻlib, hozirda qoʻshimcha ravishda 15 ta mahsulotlar eksportiga ruxsat olish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.
Eksportga ruxsat etilgan mahsulotlar: gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, qobiqsiz grek yongʻogʻi, shirin va achchiq bodom, uzum danaklari, kunjut, shuningdek quritilgan mahsulotlardan: mayiz, oʻrik qoqisi.
Ruxsat olinishi kutilmoqda: uzum, limon, xurmo, olma, anjir, olxoʻri, shaftoli, tarvuz, piyoz, loviya, yeryongʻoq, shuningdek, quritilgan mahsulotlardan: achchiq qalampir, olxoʻri, qovun.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring