Xitoydan Oʻzbekistonga 2,5 mln dona qalbaki aksiz marka olib kirayotgan jinoiy guruh fosh qilindi
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasining Xitoyda tayyorlangan 2,5 mln dona qalbaki nusxalari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Andijon, Samarqand, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmalari va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlikda transchegaraviy jinoiy guruhni fosh qilish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Qirgʻiziston bojxona xizmatidan olingan tezkor maʼlumotga koʻra, “Xitoy-Qirgʻiziston” yoʻnalishida Bishkek shahriga olib kelingan xalqaro kuryerlik joʻnatmasida Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markalarining 2,5 mln dona qalbaki nusxalari borligi aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, Xitoyda tayyorlangan ushbu soxta markalar dastlab Qirgʻizistonga, soʻngra Oʻzbekistonga olib kirilishi rejalashtirilgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirning dastlabki bosqichida Bishkek shahrida aksiz markalarni Oʻzbekistonga olib ketish maqsadida qabul qilib olgan qoʻshni mamlakat va Oʻzbekiston fuqarolari bojxona xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Shundan soʻng, tezkor tadbir Andijon viloyatining Boʻston tumanida davom ettirilib, qalbaki aksiz markalarni qabul qilib olayotgan mahalliy fuqaro ham ushlangan. Ushbu shaxs qalbaki aksiz markalarni Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroga yetkazib berishi kerak boʻlgan.
Tezkor tadbirning yakuniy bosqichi Samarqand viloyatida oʻtkazilib, nihoyat qalbaki aksiz markalarni qabul qilib oluvchi asosiy shaxs ham fosh etilgan. Ushbu fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida yerdan ham 710 ming dona qalbaki aksiz markalar borligi maʼlum boʻlgan.
“Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 3 mln 210 ming dona Oʻzbekistonda alkogol mahsulotlarini qadoqlash uchun foydalaniladigan qalbaki aksiz markalar aylanmasiga chek qoʻyildi. Buning natijasida esa davlat byudjetiga 34,2 mlrd. soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi. Shu bilan birga, minglab yurtdoshlarimizning salomatligi asrab qolindi”, deyiladi qoʻmita xabarida.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring