Xitoy yangi virus paydo boʻlganini rad etdi
Foto: China Daily
Xitoy Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatdagi kasalliklarning koʻpayishini yangi virus emas, balki gripp bilan bogʻladi.
Xitoyda boshlangan kasalliklarning koʻpayishiga yangi virus emas, balki gripp va boshqa maʼlum kasalliklar sabab boʻlmoqda. Bu haqda Xitoy sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
“Tegishli klinikalar va davolash muassasalarining ochilishini koʻpaytirish, xizmat koʻrsatish vaqtini uzaytirish va dori-darmon bilan taʼminlashni koʻpaytirishga harakat qilish kerak”, — deya vazirlik vakili Mi Fen soʻzlaridan iqtibos keltirgan nashr.
Shuningdek, u niqob rejimiga rioya qilishni va odamlar gavjum joylarda, ayniqsa maktablarda kasalliklarning oldini olishga eʼtibor qaratishni maslahat berdi. Xitoy uchun ushbu toʻlqin COVID-19 pandemiyasi sabab boʻlgan cheklovlar olib tashlanganidan keyingi birinchi toʻlqin hisoblanadi.
Avvalroq, xitoylik olimlar tropik Xaynan orolida odamlar uchun potensial xavf tugʻdiruvchi sakkizta yangi virusni aniqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring