Xitoy kompaniyasi Fargʻonada elektromobillarni quvvatlantirish uskunalarini ishlab chiqaradi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Ruisu kompaniyasi direktori Maykl Chen boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatda elektromobillarni quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihasi istiqbollari koʻrib chiqildi.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatidan maʼlum qilishicha, uchrashuvda kompaniya direktori Maykl Chen keyingi yillarda Oʻzbekistonda elektromobillar tobora ommalashib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. Shu bois, yaqin istiqbolda viloyatdagi boʻsh turgan bino – inshootdan belgilangan tartibda joy ajratib berilsa, qisqa vaqt mobaynida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishlarini taʼkidladi.
Yuzma – yuz muloqotda viloyat hokimi ushbu tashabbusni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fargʻona, Quvasoy va Qoʻqon shaharlarida mavjud boʻsh turgan binolar tanlov uchun taklif etilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuvda Ruisu kompaniyasi tomonidan olib kelingan elektromobillarni quvvatlash uskunalari namoyish etildi. Xitoylik mutaxassislar mazkur qurilmaning texnik xususiyatlari boʻyicha maʼlumot berishdi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring